Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 76)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 76

قُلْ أَتَعْبُدُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ مَا لَا يَمْلِكُ لَكُمْ ضَرًّا وَلَا نَفْعًا ۚ وَاللَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ 76 ٧٦

Sen: «Allohni qo`yib, sizga zarar ham, foyda ham bera olmaydigan narsaga ibodat qilasizlarmi?! Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir», deb ayt. (76)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, ularning Allohdan boshqasiga bandalik qilayotganlariga qarshi hujjat keltirib, shunday deng: "Sizlarga biron foyda keltira olmaydigan va sizlardan biron zararni daf qila olmaydigan narsalarga ibodat qilasizlarmi? Sizlar ibodat qilayotgan narsalar ojizu notavondir. Alloh esa ojizlik kabi nuqsondan pok Zotdir. Hamma aytayotgan gaplaringizni eshitib turadigan yagona zot Allohdir. Gaplaringizning birontasi ham eshitilmasdan qolmaydi. U Zot hamma qilayotgan ishlaringizni ham koʻrib-bilib turadi. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmaydi. Yaqinda sizlarga amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin