Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 77)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 77

قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لَا تَغْلُوا فِي دِينِكُمْ غَيْرَ الْحَقِّ وَلَا تَتَّبِعُوا أَهْوَاءَ قَوْمٍ قَدْ ضَلُّوا مِنْ قَبْلُ وَأَضَلُّوا كَثِيرًا وَضَلُّوا عَنْ سَوَاءِ السَّبِيلِ 77 ٧٧

Sen: «Ey, ahli kitoblar! Diningizda haddan oshib, nohaqlik qilmang. Va oldin o`zlari adashib va ko`pchilikni adashtirib, to`g`ri yo`ldan umuman chiqqanlarning havoyi nafslariga ergashmang», deb ayt. (77)

Tafsir
Ey Paygʻambar, nasroniylarga shunday deng: "Sizlar haqqa ergashishga buyurildingiz. Endi bu ishda haddingizdan oshmangiz. Paygʻambarlar kabi zotlarni ulugʻlashga buyurildingiz. Endi bu ishda ham haddingizni bilib, ularni ilohiylashtirib yubormangiz. Iyso ibn Maryam borasida shunday qilgandingiz. Bunga sabab salaflaringizga ergashganingiz boʻldi. Ular esa oʻzlari ham haq yoʻldan ozgan, boshqa koʻplarni ham yoʻldan urgan zalolat ahli edilar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin