Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 87)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 87

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تُحَرِّمُوا طَيِّبَاتِ مَا أَحَلَّ اللَّهُ لَكُمْ وَلَا تَعْتَدُوا ۚ إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ الْمُعْتَدِينَ 87 ٨٧

Ey, iymon keltirganlar! Alloh sizga halol qilgan pok narsalarni harom qilmang. Haddingizdan oshmang. Albatta, Alloh haddidan oshuvchilarni sevmas. (87)

Tafsir
Ey iymon keltirganlar, yemishlar boʻladimi, ichimliklar boʻladimi, ayollar boʻladimi, sizlarga muboh qilingan yoqimli, lazzatli narsalarni zohidlik yoki xudojoʻylik qilib oʻzingizga harom qilmangiz. Alloh sizlarga harom qilib qoʻygan ishlarda haddingizdan oshmangiz. Alloh Oʻzi belgilab qoʻygan hadlardan oshgan kimsalarni yoqtirmaydi, aksincha, yomon koʻradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin