Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 90)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 90

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالْأَنْصَابُ وَالْأَزْلَامُ رِجْسٌ مِنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ 90 ٩٠

Ey, iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho`plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo`ling. Shoyadki, najot topsangiz. (90)

Tafsir
Ey iymon keltirganlar, aqlni oladigan mast qiluvchi ichimliklar, birovning haqi boshqa birovga oʻtib ketishiga olib boradigan qimor, mushriklar ulugʻlab oldida jonliq soʻyadigan yoki ibodat qilganlarida oʻrnatib qoʻyadigan tosh va gʻaybdan oʻzlariga taqsimlangan narsani talab qilib ochiladigan fol choʻplari - bularning hammasi shayton chiroyli qilib koʻrsatayotgan gunohdir. Undan uzoq boʻlinglar. Shunda bu dunyoda farovon hayotga, oxiratda esa jannat nematlariga noil boʻlasizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin