Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Iymon keltirganlar uchun, agar taqvo qilib, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilgan bo`lsalar, so`ngra taqvo qilib, iymon keltirsalar, keyin taqvo qilib ehson qilsalar, yeb-ichganlarida gunoh yo`qdir. Zotan, Alloh ehson qiluvchilarni sevadir. (93)
Tafsir
Allohga iymon keltirib, U Zotga yaqin boʻlish uchun yaxshi amallarni qilgan kishilar, agar ular Allohning gʻazabidan qoʻrqib, Unga iymon keltirib, yaxshi amallarni qilgan, keyin esa Allohga bogʻlanishni yanada kuchaytirib, U Zotga xuddi U Zotni koʻrib turgandek ibodat qilish darajasiga chiqqan boʻlsalar, aroq harom qilinishidan oldin uni ichganlari uchun gunohkor boʻlmaydilar. Alloh Oʻziga xuddi U Zotni koʻrib turgandek ibodat qiladiganlarni yaxshi koʻradi. Zero, bu amalda Allohning doimiy kuzatuvini his etish bor boʻlib, bu narsa moʻminni har bir ishni chiroyli, puxta bajarishga undaydi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: