Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ey, iymon keltirganlar! Alloh Undan kim g`oyibona qo`rqishini bilish uchun sizlarni qo`llaringiz va nayzalaringiz yetadigan ovlarda bir oz sinab ko`radir. Bundan keyin kim tajovuz qilsa, unga alamli azob bor. (94)
Tafsir
Ey iymon keltirganlar, ehromdalik paytingizda Alloh quruqlikdagi ovlanadigan hayvonlarga oʻxshash biron narsani yuborib, sizlarni sinab koʻradi. Hayvonlarning kichikroqlariga qoʻllaringiz yetsa, kattaroqlariga nayzangiz yetadi. Bu ishni Alloh Oʻzidan kim gʻoyibona qoʻrqishini bilish uchun qiladi. (Aslida Alloh hamma narsani biladi. Bu yerdagi bilish ilmi zuhur, yani, bilishligini ochiqlash boʻlib, oʻshanga qarab bandalaridan hisob oladi). Iymoni komil banda hamma ishi Allohga ayon koʻrinib turganini bilgani uchun tayyor yoniga kelib turgan hayvonni ovlashdan tiyiladi. Endi kim haddidan oshib, haj yoki umra ehromida boʻla turib, ov qilsa, unga bu gunohi uchun Qiyomat kunida ogʻriqli azob bordir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: