Sura Ghafir (Mag‘firat qiluvchi — غافر) (Oyat 21)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




40 Ghafir(غافر), Oyat 21

أَوَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنْظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ كَانُوا مِنْ قَبْلِهِمْ ۚ كَانُوا هُمْ أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً وَآثَارًا فِي الْأَرْضِ فَأَخَذَهُمُ اللَّهُ بِذُنُوبِهِمْ وَمَا كَانَ لَهُمْ مِنَ اللَّهِ مِنْ وَاقٍ 21 ٢١

Axir, ular yer yuzida yurib, o`zlaridan oldin o`tganlarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solmaydilarmi?! Holbuki, o`shalar ulardan ko`ra quvvatliroq va yer yuzida asarlari ko`proq bo`lgan edilar. Bas, Alloh o`shalarni gunohlari sababli tutdi. Ularga Allohdan o`zga bir saqlovchi bo`lmadi. (21)

Tafsir
Anavi mushriklar yer yuzini aylanib yurib, oʻzlaridan oldingi haqni tan olmasdan yolgʻonga chiqarganlarning oqibati nima boʻlgani haqida fikr yuritsalar boʻlmaydimi? Axir ularning oqibatlari oʻta ayanchli boʻlmaganmi? Holbuki, ular bulardan koʻra kuch-quvvat jihatidan ham, zaminda binolar qurib qoldirgan osori atiqalari jihatidan ham zoʻrroq boʻlganlar-ku! Alloh ularni qilgan gunohlari tufayli halok ayladi. Ularni Allohning azobidan qutqarib qoladigan biron himoyachi yoʻqdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin