Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 96)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 96

أُحِلَّ لَكُمْ صَيْدُ الْبَحْرِ وَطَعَامُهُ مَتَاعًا لَكُمْ وَلِلسَّيَّارَةِ ۖ وَحُرِّمَ عَلَيْكُمْ صَيْدُ الْبَرِّ مَا دُمْتُمْ حُرُمًا ۗ وَاتَّقُوا اللَّهَ الَّذِي إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ 96 ٩٦

Dengiz ovi va uning taomi sizga va sayr qiluvchilarga halol qilindi. Modomiki, ehromda ekansiz, sizga quruqlik ovi harom qilindi. Huzurida to`planadiganingiz Allohga taqvo qiling. (96)

Tafsir
Alloh muqimlarga ham, musofirlarga ham suv hayvonlarini ovlashni hamda suvdan tashqariga chiqib qolgan tirik yo oʻlik suv hayvonlarini halol qildi. Toki, ularga manfaatli boʻlsin. Modomiki, haj yo umra uchun ehrom bogʻlagan ekansizlar, sizlarga quruqlik ovini harom qildi. Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qilinglar. Qiyomat kuni yolgʻiz U Zotning dargohiga qaytasizlar. Oʻshanda qilgan amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin