Sura Qaf (Qof — ق) (Oyat 35)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




50 Qaf(ق), Oyat 35

لَهُمْ مَا يَشَاءُونَ فِيهَا وَلَدَيْنَا مَزِيدٌ 35 ٣٥

U yerda nima xohlasalar, ularniki. Va huzurimizda ziyodasi bor. (35)

Tafsir
Ularga jannatda istagan narsalari muhayyo qilinadi. Bitmas-tuganmas nematlar ichida boʻladilar. Bundan tashqari yana Bizning huzurimizda ularga atalgan koʻz koʻrib quloq eshitmagan, hatto xayolga ham kelmaydigan nematlar ham bor. Allohning Jamolini koʻrish shular jumlasidandir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin