Sura An-Najm (Yulduz — النجم) (Oyat 23)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




53 An-Najm(النجم), Oyat 23

إِنْ هِيَ إِلَّا أَسْمَاءٌ سَمَّيْتُمُوهَا أَنْتُمْ وَآبَاؤُكُمْ مَا أَنْزَلَ اللَّهُ بِهَا مِنْ سُلْطَانٍ ۚ إِنْ يَتَّبِعُونَ إِلَّا الظَّنَّ وَمَا تَهْوَى الْأَنْفُسُ ۖ وَلَقَدْ جَاءَهُمْ مِنْ رَبِّهِمُ الْهُدَىٰ 23 ٢٣

U(but)lar siz va ota-bobolaringiz qo`ygan nomlardan o`zga hech narsa emas. Alloh bunga hech hujjat tushirgan emas. U(mushrik)lar, Robbilaridan hidoyat kelganiga qaramay, gumon va havoyi nafs xohishiga ergasharlar, xolos. (23)

Tafsir
Bu butlar oʻzlaringiz va ota-bobolaringiz qoʻyib olgan nomlar, xolos. Ularda ilohlikdan asar ham yoʻq. Alloh ular haqida hech qanday hujjat nozil qilmagan. Mushriklar oʻz etiqodlarida faqat gumonga va shayton bezab koʻrsatgan havoyi nafslariga ergashadilar. Holbuki, Parvardigorlari tarafidan Paygʻambar orqali hidoyat kelib turibdi. Ular esa bu hidoyatga ergashmayaptilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin