Sura An-Najm (Yulduz — النجم) (Oyat 31)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




53 An-Najm(النجم), Oyat 31

وَلِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ لِيَجْزِيَ الَّذِينَ أَسَاءُوا بِمَا عَمِلُوا وَيَجْزِيَ الَّذِينَ أَحْسَنُوا بِالْحُسْنَى 31 ٣١

Osmonlardagiyu yerdagi barcha narsalar Allohnikidir. U yomonlik qilganlarni amaliga yarasha jazolar va yaxshilik qilganlarni go`zal (mukofot) ila mukofotlar. (31)

Tafsir
Samolardagi narsalar ham, zamindagi narsalar ham yolgʻiz Allohning mulkidir. Oʻzi yaratgan. Oʻzi boshqaradi. Oʻzi egalik qiladi. Shu dunyoda yomonlik qilganlarni gunohlariga yarasha jazolaydi, azoblaydi. Yaxshilik qilganlarni esa jannat bilan mukofotlaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin