Sura An-Najm (Yulduz — النجم) (Oyat 32)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




53 An-Najm(النجم), Oyat 32

الَّذِينَ يَجْتَنِبُونَ كَبَائِرَ الْإِثْمِ وَالْفَوَاحِشَ إِلَّا اللَّمَمَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ وَاسِعُ الْمَغْفِرَةِ ۚ هُوَ أَعْلَمُ بِكُمْ إِذْ أَنْشَأَكُمْ مِنَ الْأَرْضِ وَإِذْ أَنْتُمْ أَجِنَّةٌ فِي بُطُونِ أُمَّهَاتِكُمْ ۖ فَلَا تُزَكُّوا أَنْفُسَكُمْ ۖ هُوَ أَعْلَمُ بِمَنِ اتَّقَىٰ 32 ٣٢

Ular kichik gunohlardan boshqa katta gunohlar va fahsh ishlardan chetda bo`ladiganlardir. Albatta, Robbing mag`firati keng Zotdir. U sizlarni tuproqdan paydo qilganda ham, onalaringiz qorinlarida homilalik chog`ingizni ham yaxshi biluvchidir. Shundoq ekan, o`zingizni oqlamang, U kim taqvodorligini yaxshi biladir. (32)

Tafsir
Ular shunday zotlarki, katta gunohlardan va manfur masiyatlardan tiyiladilar. Kichik xatolar bundan mustasno. Kichik xatolar katta gunohlardan tiyilish va toat-ibodatni koʻpaytirish bilan kechirilib ketadi. Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz magʻfirati keng Zotdir. Tavba qilgan bandalarini kechirib yuboradi. U Zot otalaringizni tuproqdan yaratgan paytida ham, sizlar onalaringizning qorinlarida homila boʻlib, bosqichma-bosqich yaratilayotgan paytingizda ham hamma ahvollaringizni juda yaxshi biladi. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmaydi. Shunday ekan, oʻzingizni oʻzingiz taqvodor koʻrsatib, maqtamay qoʻya qolinglar. Kim Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilganini Oʻzi juda yaxshi biladi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin