Sura Qamar (Oy) — سُورَةُ القمر

Qamar surasi — Qur’onning ellik to‘rtinchi surasi bo‘lib, unda kufrning oqibatlari haqida ogohlantirishlar beriladi hamda avvalgi qavmlarning halokati eslatib o‘tiladi.

Sura Qamar (Oy) — سُورَةُ القمر

Shuningdek quyidagicha tanilgan: Iqtarabat al-Sāʿah (Soat yaqinlashdi)

وَإِنْ يَرَوْا آيَةً يُعْرِضُوا وَيَقُولُوا سِحْرٌ مُسْتَمِرٌّ ٢ i

54:2

Agar bir oyat(mo`'jiza)ni ko`rsalar, yuz o`girarlar va: «Bu — o`tkinchi sehr», derlar. (2)

وَكَذَّبُوا وَاتَّبَعُوا أَهْوَاءَهُمْ ۚ وَكُلُّ أَمْرٍ مُسْتَقِرٌّ ٣ i

54:3

Va yolg`onga chiqardilar hamda havoyi nafslariga ergashdilar. Holbuki, har bir ish o`z o`rnini topuvchidir. (3)

وَلَقَدْ جَاءَهُمْ مِنَ الْأَنْبَاءِ مَا فِيهِ مُزْدَجَرٌ ٤ i

54:4

Va, darhaqiqat, ularga hayiqtiradigan xabarlardan kelgan edi. (4)

حِكْمَةٌ بَالِغَةٌ ۖ فَمَا تُغْنِ النُّذُرُ ٥ i

54:5

Ularda yetuk hikmat (bor edi). Biroq, ogohlantiruvchilar foyda bermadi. (5)

فَتَوَلَّ عَنْهُمْ ۘ يَوْمَ يَدْعُ الدَّاعِ إِلَىٰ شَيْءٍ نُكُرٍ ٦ i

54:6

Bas, Ulardan yuz o`gir! Chaqiruvchi munkar narsaga chaqirgan kunda. (6)

خُشَّعًا أَبْصَارُهُمْ يَخْرُجُونَ مِنَ الْأَجْدَاثِ كَأَنَّهُمْ جَرَادٌ مُنْتَشِرٌ ٧ i

54:7

Qabrlardan, ko`zlari qo`rqinchga to`lgan holda, xuddi yoyilgan chigirtkaga o`xshab chiqib kelurlar. (7)

مُهْطِعِينَ إِلَى الدَّاعِ ۖ يَقُولُ الْكَافِرُونَ هَٰذَا يَوْمٌ عَسِرٌ ٨ i

54:8

Chaqiruvchiga qarab bo`yinlarini cho`zib, shoshilib borurlar. Kofirlar: «Bu qiyin kun-ku», derlar. (8)

كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ فَكَذَّبُوا عَبْدَنَا وَقَالُوا مَجْنُونٌ وَازْدُجِرَ ٩ i

54:9

Bulardan oldin Nuh qavmi ham yolg`onchi qilgan edi. Bas, bandamizni yolg`onchiga chiqarishdi va, majnun, deyishdi hamda unga to`siqlar qo`yishdi. (9)

فَدَعَا رَبَّهُ أَنِّي مَغْلُوبٌ فَانْتَصِرْ ١٠ i

54:10

Va Robbisiga duo qilib: «Albatta, men mag`lub bo`ldim, yordam ber», dedi. (10)

فَفَتَحْنَا أَبْوَابَ السَّمَاءِ بِمَاءٍ مُنْهَمِرٍ ١١ i

54:11

Bas, osmon eshiklarini sharros suv bilan ochib yubordik. (11)

وَفَجَّرْنَا الْأَرْضَ عُيُونًا فَالْتَقَى الْمَاءُ عَلَىٰ أَمْرٍ قَدْ قُدِرَ ١٢ i

54:12

Va yerdan otiltirib buloqlar chiqardik. Bas, suvlar taqdir qilingan ish uchun birlashdilar. (12)

وَحَمَلْنَاهُ عَلَىٰ ذَاتِ أَلْوَاحٍ وَدُسُرٍ ١٣ i

54:13

Va u(Nuh)ni taxtalari va mixlari bor narsa ustiga ko`tardik. (13)

تَجْرِي بِأَعْيُنِنَا جَزَاءً لِمَنْ كَانَ كُفِرَ ١٤ i

54:14

U(Kema) inkor qilingan shaxs(Nuh)ga mukofot bo`lib, Bizning inoyatimiz ila yuradir. (14)

وَلَقَدْ تَرَكْنَاهَا آيَةً فَهَلْ مِنْ مُدَّكِرٍ ١٥ i

54:15

Va u(hodisa)ni belgi qilib qoldirdik. Qani, ibrat oluvchi bormi?! (15)

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا الْقُرْآنَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِنْ مُدَّكِرٍ ١٧ i

54:17

Darhaqiqat, Biz Qur'onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?! (17)

كَذَّبَتْ عَادٌ فَكَيْفَ كَانَ عَذَابِي وَنُذُرِ ١٨ i

54:18

Od (Hudni) yolg`onchiga chiqardi. Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq bo`ldi? (18)

إِنَّا أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ رِيحًا صَرْصَرًا فِي يَوْمِ نَحْسٍ مُسْتَمِرٍّ ١٩ i

54:19

Biz davomli mash'um kunda ular ustiga sorsor shamolini yubordik. (19)

تَنْزِعُ النَّاسَ كَأَنَّهُمْ أَعْجَازُ نَخْلٍ مُنْقَعِرٍ ٢٠ i

54:20

U, odamlarni, xuddi xurmo daraxtini tomiri bilan qo`porib yuborgandek, (erdan) uzib-uchirib tashlardi. (20)

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا الْقُرْآنَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِنْ مُدَّكِرٍ ٢٢ i

54:22

Darhaqiqat, Biz Qur'onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?! (22)

فَقَالُوا أَبَشَرًا مِنَّا وَاحِدًا نَتَّبِعُهُ إِنَّا إِذًا لَفِي ضَلَالٍ وَسُعُرٍ ٢٤ i

54:24

Ular: «Biz o`zimizdan bo`lgan bir odamga ergashamizmi? Agar shunday bo`lsa, albatta, adashuvda va jinnilikda bo`lamiz. (24)

أَأُلْقِيَ الذِّكْرُ عَلَيْهِ مِنْ بَيْنِنَا بَلْ هُوَ كَذَّابٌ أَشِرٌ ٢٥ i

54:25

Bizlarning oramizdan unga zikr (vahiy) tushirilibdimi?! Yo`q, u yolg`onchi va kekkaygandir», dedilar. (25)

سَيَعْلَمُونَ غَدًا مَنِ الْكَذَّابُ الْأَشِرُ ٢٦ i

54:26

Ertaga kim yolg`onchi va kekkaygan ekanini bilurlar. (26)

إِنَّا مُرْسِلُو النَّاقَةِ فِتْنَةً لَهُمْ فَارْتَقِبْهُمْ وَاصْطَبِرْ ٢٧ i

54:27

Biz ularni sinash uchun tuyani yuboruvchimiz. Ularni kuzatib tur va sabr qil. (27)

وَنَبِّئْهُمْ أَنَّ الْمَاءَ قِسْمَةٌ بَيْنَهُمْ ۖ كُلُّ شِرْبٍ مُحْتَضَرٌ ٢٨ i

54:28

Va ularga, albatta, suv oralarida taqsimlanganining xabarini ber. Har bir ichishga (o`z vaqtida) hozir bo`linar. (28)

فَنَادَوْا صَاحِبَهُمْ فَتَعَاطَىٰ فَعَقَرَ ٢٩ i

54:29

Bas, ular o`z sheriklarini chaqirdilar. U (tuyani) tutdi va so`yib yubordi. (29)

إِنَّا أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ صَيْحَةً وَاحِدَةً فَكَانُوا كَهَشِيمِ الْمُحْتَظِرِ ٣١ i

54:31

Albatta, Biz ularga bir ovoz yubordik. Va ular qo`ra quruvchi (yiqqan) quruq shox-shabbalarga o`xshab qoldilar. (31)

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا الْقُرْآنَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِنْ مُدَّكِرٍ ٣٢ i

54:32

Darhaqiqat, Biz Qur'onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?! (32)

إِنَّا أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ حَاصِبًا إِلَّا آلَ لُوطٍ ۖ نَجَّيْنَاهُمْ بِسَحَرٍ ٣٤ i

54:34

Albatta, Biz ularning ustiga (tosh) bo`ron yubordik. Faqat Lut xonadoniga sahar chog`i najot berdik. (34)

نِعْمَةً مِنْ عِنْدِنَا ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِي مَنْ شَكَرَ ٣٥ i

54:35

Bu, Biz tarafimizdan ne'mat bo`ldi. Kimki shukr qilsa, xuddi shunday mukofotlarmiz. (35)

وَلَقَدْ أَنْذَرَهُمْ بَطْشَتَنَا فَتَمَارَوْا بِالنُّذُرِ ٣٦ i

54:36

Darhaqiqat, u(Lut) ularni Bizning tutishimizdan ogohlantirgan edi. Bas, ular ogohlantirishlarga ishonmadilar. (36)

وَلَقَدْ رَاوَدُوهُ عَنْ ضَيْفِهِ فَطَمَسْنَا أَعْيُنَهُمْ فَذُوقُوا عَذَابِي وَنُذُرِ ٣٧ i

54:37

Ular undan mehmonlarini topshirishni so`radilar. Bas, ko`zlarini ko`r qildik. Mening azobim va ogohlantirishlarimni totib ko`rsinlar. (37)

وَلَقَدْ صَبَّحَهُمْ بُكْرَةً عَذَابٌ مُسْتَقِرٌّ ٣٨ i

54:38

Batahqiq, erta tongda ularni sobit, davomli azob tutdi. (38)

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا الْقُرْآنَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِنْ مُدَّكِرٍ ٤٠ i

54:40

Darhaqiqat, Biz Qur'onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?! (40)

كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا كُلِّهَا فَأَخَذْنَاهُمْ أَخْذَ عَزِيزٍ مُقْتَدِرٍ ٤٢ i

54:42

Bizning oyatlarimizning barchasini yolg`onga chiqarishdi. Bas, Biz ularni g`olib, qudratli oluvchining olishi bilan oldik. (42)

أَكُفَّارُكُمْ خَيْرٌ مِنْ أُولَٰئِكُمْ أَمْ لَكُمْ بَرَاءَةٌ فِي الزُّبُرِ ٤٣ i

54:43

Sizning kofirlaringiz avvalgilaringizdan yaxshiroqmi?! Yoki kitoblarda sizlarga oqlov bormi?! (43)

بَلِ السَّاعَةُ مَوْعِدُهُمْ وَالسَّاعَةُ أَدْهَىٰ وَأَمَرُّ ٤٦ i

54:46

Ha, ularga va'da qilingan vaqt, soat(qiyomat)dir. Va u soat (azobi) ulkanroq va achchiqroqdir. (46)

يَوْمَ يُسْحَبُونَ فِي النَّارِ عَلَىٰ وُجُوهِهِمْ ذُوقُوا مَسَّ سَقَرَ ٤٨ i

54:48

Yuztuban do`zaxga sudraladigan kunda, jahannam azobini tatib ko`ring, (deyilur). (48)

وَمَا أَمْرُنَا إِلَّا وَاحِدَةٌ كَلَمْحٍ بِالْبَصَرِ ٥٠ i

54:50

Bizning farmonimiz bir so`zdan o`zga emas. Ko`z yumib ochguncha bo`lur. (50)

وَلَقَدْ أَهْلَكْنَا أَشْيَاعَكُمْ فَهَلْ مِنْ مُدَّكِرٍ ٥١ i

54:51

Darhaqiqat, Biz sizga o`xshaganlarni halok qildik. Bas, buni eslovchilardan bormi, o`zi?! (51)