Sura Al-Mujadila (Bahslashuvchi ayol — المجادلة) (Oyat 10)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Albatta, iymonlilarni ranjitish uchun qilingan sirli suhbat shaytondandur, Allohning izni bilan qilingan sirli suhbatgina ularga hech zarar yetkazmas. Mo`minlar Allohning O`ziga tavakkal qilsinlar. (10)
Tafsir
Darhaqiqat, gunoh, tajovuz va paygʻambarga isyondan iborat boʻlgan bu pichir-pichirlar shaytonning oʻz doʻstlariga chiroyli koʻrsatgan vasvasasidir. Bundan maqsad goʻyo moʻminlarga qarshi bir hiyla uyushtirilayotgandek qilib koʻrsatish orqali ularning diliga qaygʻu solishdir. Na shayton va na uning chiroyli qilib koʻrsatgan ishlari Allohning izni-irodasi boʻlmasa, moʻminlarga hech qanday zarar keltirmaydi. Bas, shunday ekan, moʻminlar barcha ishlarida Allohgagina suyansinlar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: