Sura Al-Mujadila (Bahslashuvchi ayol — المجادلة) (Oyat 12)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




58 Al-Mujadila(المجادلة), Oyat 12

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا نَاجَيْتُمُ الرَّسُولَ فَقَدِّمُوا بَيْنَ يَدَيْ نَجْوَاكُمْ صَدَقَةً ۚ ذَٰلِكَ خَيْرٌ لَكُمْ وَأَطْهَرُ ۚ فَإِنْ لَمْ تَجِدُوا فَإِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ 12 ١٢

Ey, iymon keltirganlar! Agar Payg`ambar bilan sirli suhbat qilmoqchi bo`lsangiz, sirli suhbatingizdan avval sadaqa bering. Shundoq qilmog`ingiz o`zingiz uchun yaxshiroqdir va (qalbingiz uchun) pokroqdir. Agar (sadaqaga narsa) topmasangiz, albatta Alloh kechiruvchi va rahimlidir. (12)

Tafsir
Sahobalar Paygʻambar alayhissolat vassalom bilan sirlashavergach, Alloh dedi: "Ey iymon keltirgan zotlar, agar Paygʻambar alayhissolatu vassalom bilan xoli qolib dildan suhbatlashishni istasangiz, suhbatdan oldin sadaqa beringlar. Bu sadaqa oʻzlaringiz uchun yaxshilik va poklikdir. Zero, Allohning toati qalblarni poklaydi. Mabodo sadaqa qilishga imkon topolmasangiz, hech qanday xijillik boʻlmas. Darhaqiqat, Alloh taolo bandalarining gunohlarini kechiradigan va toqatlaridan tashqari narsani yuklamaydigan rahmli Zotdir".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin