Sura Al-Mujadila (Bahslashuvchi ayol — المجادلة) (Oyat 13)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




58 Al-Mujadila(المجادلة), Oyat 13

أَأَشْفَقْتُمْ أَنْ تُقَدِّمُوا بَيْنَ يَدَيْ نَجْوَاكُمْ صَدَقَاتٍ ۚ فَإِذْ لَمْ تَفْعَلُوا وَتَابَ اللَّهُ عَلَيْكُمْ فَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ وَأَطِيعُوا اللَّهَ وَرَسُولَهُ ۚ وَاللَّهُ خَبِيرٌ بِمَا تَعْمَلُونَ 13 ١٣

Sizlarga sirli suhbatingizdan avval sadaqa berish og`ir keldimi? Agar (buyruqni) bajarmasangiz, (mayli) Alloh afv qildi. Bas, namoz o`qingiz va zakot beringiz. Va Allohga va Uning Payg`ambariga itoat qilingiz. Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir. (13)

Tafsir
”Paygʻambar alayhissalom bilan suhbatlashishdan oldin sadaqa bersak, kambagʻal boʻlib qolamiz”,- deb qoʻrqdinglarmi?! Bu buyruqni bajarmagan boʻlsangizlar ham Alloh taolo sizlarni kechirdi. Chunki U Zot buni qilmaslikka Oʻzi ruxsat bergan. Endi taqvo qilib, namozni toʻla-toʻkis ado qilinglar, mollaringizning zakotini beringlar, Alloh va Rasuliga itoat etinglar. Alloh taolo barcha ishlaringizdan xabardordir. Amallaringizdan biron narsa U Zotdan maxfiy qolmas. Sizlarga yaqinda amallaringizga yarasha jazo yoki mukofot berur.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin