Sura Al-Mujadila (Bahslashuvchi ayol — المجادلة) (Oyat 14)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




58 Al-Mujadila(المجادلة), Oyat 14

أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ تَوَلَّوْا قَوْمًا غَضِبَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ مَا هُمْ مِنْكُمْ وَلَا مِنْهُمْ وَيَحْلِفُونَ عَلَى الْكَذِبِ وَهُمْ يَعْلَمُونَ 14 ١٤

Allohning g`azabiga duchor bo`lgan qavmni do`st tutganlarni ko`rmaysanmi? Ular sizlardan ham emas, ulardan ham emas. Bilib turib, yolg`onga qasam icharlar. (14)

Tafsir
Munofiqlarga qarang, ey Paygʻambar alayhissalom, qilgan gunohlari va kufrlari sababli Allohning gʻazabiga uchragan yahudiylarga doʻst boʻlib olibdilar. Ular moʻminlardan ham, yahudiylardan ham emaslar. Arosatda qolgan sarsonlardir. Yana: ”Bizlar musulmonlarmiz, yahudiylarga musulmonlarning xabarlarini yetkazmadik”, deb yolgʻon qasam ichadilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin