Sura Al-Mujadila (Bahslashuvchi ayol — المجادلة) (Oyat 16)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ular qasamlarini o`zlari uchun qalqon qilib oldilar. Bas, Allohning yo`lidan to`sdilar. Ularga xorlovchi azob bordir! (16)
Tafsir
Ular kufri sababli qatl qilinishlari mumkin edi. Shundan saqlanib qolish uchun til uchida iymon keltirdik, deb ichgan qasamlarini oʻzlariga qalqon qilib oldilar. Chunki ular mollari va jonlarini oʻzlarini musulmon qilib koʻrsatish orqali asrab qolgandilar. Musulmonlarning qiziqishlarini soʻndirib, dillariga gʻulgʻula solib haqdan toʻsadilar. Bas, ularni xor-zor qiluvchi azob bordir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: