Sura Mujodala (Bahslashuvchi ayol — المجادلة) (Oyat 21)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




58 Mujodala(المجادلة), Oyat 21

كَتَبَ اللَّهُ لَأَغْلِبَنَّ أَنَا وَرُسُلِي ۚ إِنَّ اللَّهَ قَوِيٌّ عَزِيزٌ 21 ٢١

Alloh: «Men va Mening Rasullarim g`alaba qilamiz», deb hukm qilgan. Albatta, Alloh quvvatli va g`olibdir. (21)

Tafsir
Alloh taolo Oʻzining azaliy ilmida: "Men va elchilarim dushmanlar ustidan dalilda ham, maydonda ham gʻolib boʻlamiz", deb hukm qilib qoʻygan. Darhaqiqat, Alloh taolo oʻzining elchilarini gʻolib qila oladigan Quvvatlidir. U Zot dushmanlaridan oʻch oladigan yengilmasdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin