Sura Al-Mujadila (Bahslashuvchi ayol — المجادلة) (Oyat 22)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




58 Al-Mujadila(المجادلة), Oyat 22

لَا تَجِدُ قَوْمًا يُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ يُوَادُّونَ مَنْ حَادَّ اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَلَوْ كَانُوا آبَاءَهُمْ أَوْ أَبْنَاءَهُمْ أَوْ إِخْوَانَهُمْ أَوْ عَشِيرَتَهُمْ ۚ أُولَٰئِكَ كَتَبَ فِي قُلُوبِهِمُ الْإِيمَانَ وَأَيَّدَهُمْ بِرُوحٍ مِنْهُ ۖ وَيُدْخِلُهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا ۚ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا عَنْهُ ۚ أُولَٰئِكَ حِزْبُ اللَّهِ ۚ أَلَا إِنَّ حِزْبَ اللَّهِ هُمُ الْمُفْلِحُونَ 22 ٢٢

Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan qavmning Alloh va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchilarga do`stlik qilganlarini topmassan. Hatto, u(dushman)lar o`z otalari, bolalari, aka-ukalari yoki qarindoshlari bo`lsa ham. Alloh undoq kishilarning qalblarida iymonni sobit qilgan, ularni O`z huzuridan bir ruh bilan qo`llagandir. Va ularni ostidan suvlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Ular unda abadiy qolurlar. Alloh ulardan rozi bo`lur. Ular Allohdan rozi bo`lurlar. Unday kishilar Allohning firqasidandirlar. Ayo, ogoh bo`linglar, albatta, Allohning firqasidagilar, ha, o`shalar yutuvchilardir. (22)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, Alloh va Rasuliga hamda Qiyomat kuniga iymon keltirganlarning Alloh va Rasuliga dushman boʻlgan kimsalarni yaxshi koʻrib, ular bilan doʻstlashayotganini koʻrmaysiz. Garchi ular oʻzlarining otalari, bolalari, aka-ukalari yoki yaqin qarindosh-urugʻlari boʻlsalar-da. Iymon ularni Alloh va Rasulining dushmanlariga yaqin boʻlishdan man qiladi. Chunki iymon rishtasi barcha rishtalardan ustundir. Qarama-qarshi kelib qolganida mana shu rishta muqaddamdir. Alloh va Rasuliga dushman boʻlgan kimsalar bilan, garchi ular oʻzlarining yaqin qarindoshlari boʻlsalar-da, doʻst boʻlmaganlarning qalblariga Alloh taolo bir iymonni jo qildiki, u hech qachon oʻzgarmaydi. Ularning iymonini hujjat va nur bilan quvvatladi. Alloh taolo Qiyomat kuni ularni qasrlari va daraxtlari ostidan daryolar oqib turadigan Adn jannatlariga kiritadi. U yerda abadiy qoladilar. Jannatlarda nematlarning keti uzilmaydi, tugab qolmaydi. Alloh taolo ulardan shunday rozi boʻladiki, bundan keyin ularga hech qachon gʻazab qilmaydi. Ular ham Alloh taolo bergan bitmas-tuganmas nematlar tufayli rozi boʻladilar. Ana shu nematlardan biri Alloh taoloni koʻrish nematidir. Yuqorida aytib oʻtilgan sifatlarga ega boʻlgan kishilar Alloh taoloning buyruqlarini bajarib, taqiqlaridan tiyiladigan askarlaridir. Ogoh boʻlingizkim, albatta Allohning askarlari dunyoyu oxiratda murod-maqsadlariga erishib, qoʻrqqan narsalaridan najot topib, muvaffaqiyat qozongan kishilardir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin