Sura Al-Mujadila (Bahslashuvchi ayol — المجادلة) (Oyat 4)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




58 Al-Mujadila(المجادلة), Oyat 4

فَمَنْ لَمْ يَجِدْ فَصِيَامُ شَهْرَيْنِ مُتَتَابِعَيْنِ مِنْ قَبْلِ أَنْ يَتَمَاسَّا ۖ فَمَنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَإِطْعَامُ سِتِّينَ مِسْكِينًا ۚ ذَٰلِكَ لِتُؤْمِنُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ ۚ وَتِلْكَ حُدُودُ اللَّهِ ۗ وَلِلْكَافِرِينَ عَذَابٌ أَلِيمٌ 4 ٤

Kim (qul) topmasa, bas (qayta) qo`shilmasdan avval ikki oy ketma-ket ro`za tutsin. Kim (ro`za tutishga) qodir bo`lmasa, oltmish miskinni to`yg`azsin. Bu (hukm) Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirishingiz uchundir. Va bu(hukm)lar Allohning chegaralaridir. Va kofirlarga alamli azob bor. (4)

Tafsir
Kimki ozod qilishga qul topolmasa, ayoliga yaqinlik qilishdan oldin ikki oy uzluksiz roʻza tutishi kerak boʻladi. Uzluksiz ikki oy roʻza tutishga ham qodir boʻlmasa, oltmishta miskinning qornini toʻydirishi lozim. Biz bu hukmni Allohning buyrugʻi, deb iymon keltirib, bajarishingiz uchun chiqardik. Sizlarga mashru qilingan bu hukmlar Alloh bandalari uchun belgilab qoʻygan chegaralar, qonunlardir. Uni hargiz bosib oʻtmanglar. Allohning hukmlari va qonunlarini inkor qiluvchi kofirlarga alamli azob bordir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin