Sura Al-Mujadila (Bahslashuvchi ayol — المجادلة) (Oyat 6)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Alloh barchalarini qayta tiriltiradigan kunda, qilgan ishlarining xabarini berur. Alloh hisoblab turgan, ular esa unutganlar. Holbuki, Alloh har bir narsaga shohiddir. (6)
Tafsir
U kunda Alloh taolo hech kimni qoldirmasdan barchani qayta tiriltiradi. Keyin dunyo hayotida qilib oʻtgan qabih amallarini eslatadi, hammasini hisob-kitob qiladi, hech bir amalni oʻtkazib ham yubormaydi, unutib ham qoʻymaydi. Ular nomai amollarida oʻzlari unutib yuborgan katta-kichik barcha gunohlarining bitib qoʻyilganini koʻradilar. Alloh taolo hamma narsadan Xabardordir. Ularning amallaridan biron narsa Undan maxfiy qolmaydi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: