Sura Al-Hashr (Yig‘ilish — الحشر) (Oyat 5)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




59 Al-Hashr(الحشر), Oyat 5

مَا قَطَعْتُمْ مِنْ لِينَةٍ أَوْ تَرَكْتُمُوهَا قَائِمَةً عَلَىٰ أُصُولِهَا فَبِإِذْنِ اللَّهِ وَلِيُخْزِيَ الْفَاسِقِينَ 5 ٥

Sizning xurmoni kesganingiz yoki aslida tik qoldirganingiz, faqat, Allohning izni bilan va buzg`unchilarni xorlashi uchun bo`ldi. (5)

Tafsir
Ey moʻminlar jamoasi, sizlar gʻazotda Allohning dushmanlari boʻlmish Banu Nazirni gʻazablantirish uchun xurmolarni kesdingizlarmi yoki oʻzlaringiz foydalanishingiz uchun kesmasdan qoldirdingizlarmi, hammasi Allohning amri bilan boʻldi. Ular malomat qilganlariday yer yuzida buzgʻunchilik qilish uchun emas. Ayni paytda bu ish ahdlarini buzgan, vafo yoʻli qolib, xiyonat yoʻlini tanlagan hamda Allohga itoat etishdan yuz oʻgirgan yahudiylarni xor qilish uchun ham boʻlgan.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin