Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 100)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 100

وَجَعَلُوا لِلَّهِ شُرَكَاءَ الْجِنَّ وَخَلَقَهُمْ ۖ وَخَرَقُوا لَهُ بَنِينَ وَبَنَاتٍ بِغَيْرِ عِلْمٍ ۚ سُبْحَانَهُ وَتَعَالَىٰ عَمَّا يَصِفُونَ 100 ١٠٠

Ular jinlarni Allohga sherik qildilar. Holbuki, U hammalarini yaratgan Zotdir. Ilmsiz holda Unga o`g`illar va qizlar yasadilar. U, ular vasf qilgan narsalardan pok va oliy bo`ldi. (100)

Tafsir
Mushriklar jinlarni mabudlikda Allohga sherik qilib, ular ham foyda-zarar keltira oladi, deya etiqod qildilar. Holbuki, jinlarni Alloh yaratgan. Allohdan boshqasi yaratmagan. Mabudlikka yolgʻiz Alloh haqlidir. Yahudiylar Uzayrni, nasroniylar esa Iysoni Allohning oʻgʻillari, degan boʻlsalar, mushriklar farishtalarni Allohning qizlari, dedilar. Shularga oʻxshab, ular ham Allohga oʻgʻillarni yasab oldilar. Alloh botil ahli aytayotgan bu sifatlardan oliy, pok va muqaddasdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin