Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 105)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 105

وَكَذَٰلِكَ نُصَرِّفُ الْآيَاتِ وَلِيَقُولُوا دَرَسْتَ وَلِنُبَيِّنَهُ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ 105 ١٠٥

Shunday qilib: «Dars olgansan», – deyishlari uchun va bilgan qavmlarga bayon qilishing uchun oyatlarni tasarruf qilurmiz. (105)

Tafsir
Allohning qudratiga dalolat qiluvchi hujjat va dalillarni xilma-xil qilganimizdek, xushxabaru ogohlantirish hamda vazu nasihat manosidagi oyatlarimizni ham xilma-xil qildik. Mushriklar: "Bular vahiy emas, sen ularni oldingi ahli kitoblardan oʻrganib olgansan", deydilar. Biz oyatlarni Muhammad alayhissalom ummati orasidagi moʻminlarga xilma-xillashtirib, haqni odamlarga bayon qilamiz. Zero, haqni moʻminlargina qabul qiladilar va unga ergashadilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin