Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 108)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 108

وَلَا تَسُبُّوا الَّذِينَ يَدْعُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ فَيَسُبُّوا اللَّهَ عَدْوًا بِغَيْرِ عِلْمٍ ۗ كَذَٰلِكَ زَيَّنَّا لِكُلِّ أُمَّةٍ عَمَلَهُمْ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّهِمْ مَرْجِعُهُمْ فَيُنَبِّئُهُمْ بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ 108 ١٠٨

Ularning Allohdan o`zga ibodat qiladiganlarini so`kmangiz. Bas, bilmasdan zulm ila Allohni so`kib yurmasinlar. Shunday qilib, har bir ummatga amalini ziynatlab qo`ydik. So`ngra esa, qaytib boradigan joylari Robbilarigadir. Bas, U qilib yurgan ishlarining xabarini berur. (108)

Tafsir
Ey moʻminlar, mushriklar ibodat qiladigan but-sanamlarni qattiq ham, yumshoq ham haqorat qilmanglar. Toki, mushriklar ham nondonliklariga borib, javob tarzida Allohni haqorat qilib qoʻymasinlar. Ularga oʻzlarining zalolatlari bezab koʻrsatilganidek, har bir ummatga amallarini yaxshi boʻlsin, yomon boʻlsin, chiroyli qilib koʻrsatdik. Shu bilan ular oʻzlariga chiroyli koʻringan ishlarni qila-qila Qiyomat kuni Parvardigorlari huzuriga kelurlar va amallariga yarasha jazo yoki mukofotlarini olurlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin