Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 109)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ular agar biron oyat — mo`'jiza kelsa, albatta, iymon keltirishlari haqida Allohning nomi bilan jon-jahdlari ila qasam icharlar. «Albatta, oyatlar faqat Allohning huzurida», – deb ayt. Sizga nima bildirdi? Ehtimol, oyat kelsa ham, ular iymon keltirmaslar. (109)
Tafsir
Mushriklar jon-jahdlari bilan Alloh nomiga qasam ichib: "Biz aytgan oyatlardan birontasini nozil qilganida unga albatta ishonar edik", deydilar. Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Oyatlar mening huzurimda emaski, istaganimcha nozil qilaversam. Ular Allohning huzuridadir. Oʻzi istagan vaqtida nozil qilur. Ey moʻminlar, ular aytgan oyatlar nozil qilinsa, ular iymon keltiradilar, deb oʻylaysizlarmi? Yoʻq, iymon keltirmas edilar. Aksincha, boyagidek gap uqmasligu inkor qilishda davom etaverardilar. Chunki ularga hidoyat kerak emas".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: