Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 111)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 111

وَلَوْ أَنَّنَا نَزَّلْنَا إِلَيْهِمُ الْمَلَائِكَةَ وَكَلَّمَهُمُ الْمَوْتَىٰ وَحَشَرْنَا عَلَيْهِمْ كُلَّ شَيْءٍ قُبُلًا مَا كَانُوا لِيُؤْمِنُوا إِلَّا أَنْ يَشَاءَ اللَّهُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ يَجْهَلُونَ 111 ١١١

Agar Biz ularga farishtalarni tushirsak ham, ularga o`liklar gapirsa ham va ularning oldiga hamma narsani ochiq-oydin to`plasak ham, Alloh xohlamasa, iymon keltirmaslar. Lekin ko`plari johildirlar. (111)

Tafsir
Biz ularning talablarini qondirib, farishtalarni tushirsak ham, ularga oʻliklar gapirib, siz olib kelgan vahiy haq ekanini aytsalar ham, xullas, ular qoʻyayotgan talablarning hammasini oldilariga qoʻyib qoʻysak va oʻz koʻzlari bilan koʻrsalar ham baribir iymon keltirmaydilar. Alloh Oʻzi hidoyat berganlarigina bundan mustasno. Lekin ularning koʻplari buni bilmaydilar. Shuning uchun hidoyatga muvaffaq aylashini soʻrab, Allohga iltijo qilmaydilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin