Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 114)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 114

أَفَغَيْرَ اللَّهِ أَبْتَغِي حَكَمًا وَهُوَ الَّذِي أَنْزَلَ إِلَيْكُمُ الْكِتَابَ مُفَصَّلًا ۚ وَالَّذِينَ آتَيْنَاهُمُ الْكِتَابَ يَعْلَمُونَ أَنَّهُ مُنَزَّلٌ مِنْ رَبِّكَ بِالْحَقِّ ۖ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ الْمُمْتَرِينَ 114 ١١٤

Allohdan o`zgani hakam qilib olaymi? Holbuki, U sizga kitobni batafsil etib nozil qildi. Biz ularga kitob berganlar uning Robbingdan haq ila nozil qilinganini bilurlar. Bas, shak keltiruvchilardan bo`lma. (114)

Tafsir
Ey Paygʻambar, anavi Allohdan boshqaga ibodat qilayotgan mushriklarga ayting: "Allohdan boshqani hakam qilib olishim aql bovar qiladigan ishmi? Sizlarga Quronni hamma-hamma narsaning toʻla bayoni bilan nozil qilgan Zot Alloh-ku! Biz Tavrotni bergan yahudiylar ham, Biz Injilni bergan nasroniylar ham, Quronning sizga nozil qilingan haq ekanini juda yaxshi biladilar. Chunki oʻsha kitoblarida bunga dalil bor. Shunday ekan, siz Biz qilgan vahiy haqida hargiz shak-shubhaga bora koʻrmang!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin