Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 119)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 119

وَمَا لَكُمْ أَلَّا تَأْكُلُوا مِمَّا ذُكِرَ اسْمُ اللَّهِ عَلَيْهِ وَقَدْ فَصَّلَ لَكُمْ مَا حَرَّمَ عَلَيْكُمْ إِلَّا مَا اضْطُرِرْتُمْ إِلَيْهِ ۗ وَإِنَّ كَثِيرًا لَيُضِلُّونَ بِأَهْوَائِهِمْ بِغَيْرِ عِلْمٍ ۗ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِالْمُعْتَدِينَ 119 ١١٩

Sizga nima bo`ldiki, Allohning nomi aytib so`yilgan narsani yemas ekansizlar?! U sizlarga harom qilgan narsalarini batafsil bayon qilib bergan-ku?! Magar muztar bo`lganingizda, mayli. Albatta, ko`pchilik bilmasdan, hoyu havaslari ila adashtirurlar. Albatta, Robbing tajovuzkorlarni yaxshi bilguvchidir. (119)

Tafsir
Ey moʻminlar, sizlarni Allohning nomi aytib soʻyilgan hayvonning goʻshtini yeyishdan nima man qilyapti? Alloh sizlarga nima haromligini bayon qildi-ku! Endi uni tark qilish sizlarga vojib-ku! Faqat zarurat tufayligina uni yeyishingiz mumkin. Chunki zarurat man qilingan narsani ham mubohga aylantiradi. Koʻp mushriklar nodonliklari va buzuqi fikrlari tufayli oʻz tobelarini haqiqatdan uzoqlashtirmoqchi boʻlib, Alloh harom qilgan oʻlimtik kabilarni halolga aylantirib oladilar. Alloh halol qilgan bahiyra, vasiyla va homiy (tuyalarning turlari) kabilarni esa haromga aylantiradilar. Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz Allohning hadlaridan oshganlarni juda yaxshi bilguvchidir. Ularni yaqinda jazosini berur.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin