Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 121)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni yemanglar. Albatta, bu ish fisqdir. Albatta, shaytonlar o`z do`stlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilurlar. Agar ularga itoat qilsangiz, sizlar ham mushriklardan bo`lursizlar. (121)
Tafsir
Ey musulmonlar, Allohning nomi aytilmasdan soʻyilgan hayvonning goʻshtini yemanglar. Bunda Allohdan boshqaning nomi aytiladimi, yoʻqmi, farq qilmaydi. Undan tanovul qilish Allohga itoatsizlikdir, masiyatdir. Shaytonlar oshnalarining koʻngliga shubhalar solib, ularni sizlar bilan oʻlimtikni yeyish borasida talashib-tortishishga vasvasa qiladilar. Ey musulmonlar, ularga bosh egib, oʻlimtikni mubohga aylantiradigan boʻlsangizlar, oʻzlaringiz ham xuddi ulardek mushrikka aylanasizlar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: