Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 125)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 125

فَمَنْ يُرِدِ اللَّهُ أَنْ يَهْدِيَهُ يَشْرَحْ صَدْرَهُ لِلْإِسْلَامِ ۖ وَمَنْ يُرِدْ أَنْ يُضِلَّهُ يَجْعَلْ صَدْرَهُ ضَيِّقًا حَرَجًا كَأَنَّمَا يَصَّعَّدُ فِي السَّمَاءِ ۚ كَذَٰلِكَ يَجْعَلُ اللَّهُ الرِّجْسَ عَلَى الَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ 125 ١٢٥

Kimni Alloh hidoyat qilmoqchi bo`lsa, uning ko`ksini Islomga ochib qo`yadir. Kimni zalolatga ketkazishni iroda qilsa, uning ko`ksini xuddi osmonga ko`tarilayotgandek, tor va tang qilib qo`yadir. Shunday qilib, Alloh iymon keltirmaydiganlarga azobni duchor qilur. (125)

Tafsir
Alloh kimga hidoyat berishni istasa, uning qalbini keng qilib, Islomni mamnuniyat bilan qabul qilishga tayyorlab qoʻyadi. Kimga hidoyatni ravo koʻrmasa, uning ichini toraytirib yuboradi va u haqni qabul qila olmasdan xuddi samoga koʻtarilayotgan odamdek nafasi siqiladigan boʻlib qoladi. Alloh adashganlarni shu ahvolga solganidek, iymon keltirmaganlarga azob ham tayyorlab qoʻygandir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin