Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 128)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ularning hammasini to`playdigan kunda: «Ey, jinlar jamoasi, insdan (adashtirganlaringizni) ko`paytirvordingiz?!» – der. Ularning insdan bo`lgan do`stlari: «Ey Robbimiz, biz bir-birimizdan huzur topdik va bizga belgilagan ajalingga yetib keldik», – derlar. U zot: «Qaytar joyingiz do`zaxdir. Magar Alloh xohlasa (qolmaysiz)», – der. Albatta, Robbing hikmatli va bilimli Zotdir. (128)
Tafsir
Ey Paygʻambar, eslang! Alloh insu jinni mahshargohga yigʻib: "Ey jinlar jamoasi, odamlarni juda koʻp yoʻldan urdinglar, Allohning yoʻliga gʻov boʻldinglar", deydi. Shunda jinlarning isonlardan boʻlgan tobelari Parvardigorlariga javob berib: "Parvardigoro, biz bir-birimizdan foydalandik. Jinlar odamlarning ularga itoat etishlaridan foydalangan boʻlsalar, odamlar shahvatlarini qondirishdan naf koʻrdilar. Shu alfozda belgilangan ajalimiz yetib keldi va mana, Qiyomat kunida turibmiz", deganlarida Alloh aytur: «Joyingiz jahannamdir! Unda abadiy qolursiz, faqat Alloh xohlagan muddatda u yerda boʻlmaysizlar. Bu qabrlaridan qayta tirilib, to jahannamga borgunlarigacha boʻlgan muddat. Alloh ularning doʻzaxda abadiy qolishlaridan istisno qilgan muddat mana shudir». Ey Paygʻambar, albatta, Parvardigoringiz Oʻzining har bir taqdiriyu tadbirida hikmat bilan ish qiladigan hamda bandalarini va ulardan qaysilari azobga loyiqligini juda yaxshi biladigan Zotdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: