Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 12)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 12

قُلْ لِمَنْ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۖ قُلْ لِلَّهِ ۚ كَتَبَ عَلَىٰ نَفْسِهِ الرَّحْمَةَ ۚ لَيَجْمَعَنَّكُمْ إِلَىٰ يَوْمِ الْقِيَامَةِ لَا رَيْبَ فِيهِ ۚ الَّذِينَ خَسِرُوا أَنْفُسَهُمْ فَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ 12 ١٢

«Osmonlar va yerdagi narsalar kimniki?» – deb ayt! «Allohniki», deb ayt! U O`ziga O`zi rahmatni yozib qo`ygan. Sizlarni bo`lishida shubha yo`q qiyomat kuni albatta jamlaydir. O`ziga o`zi ziyon keltiruvchilargina, o`shalargina iymon keltirmaslar. (12)

Tafsir
Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Osmonlaru yer va ular orasidagi narsalar kimning mulki?" Ayting: "Hammasi Allohning mulki". U bandalariga boʻlgan fazu inoyati ila Oʻziga rahmatni yozdi . Bas, ularni jazolashni tezlashtirmaydi. Tavba qilmasalar, hammasini Qiyomat kunida toʻplaydi. Bu kunning kelishiga shubha yoʻq. Allohga kufr keltirish bilan oʻzlariga oʻzlari ziyon qilganlar iymon keltirmaydilar va shu bilan oʻzlarini falokatdan qutqara olmay qoladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin