Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 136)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 136

وَجَعَلُوا لِلَّهِ مِمَّا ذَرَأَ مِنَ الْحَرْثِ وَالْأَنْعَامِ نَصِيبًا فَقَالُوا هَٰذَا لِلَّهِ بِزَعْمِهِمْ وَهَٰذَا لِشُرَكَائِنَا ۖ فَمَا كَانَ لِشُرَكَائِهِمْ فَلَا يَصِلُ إِلَى اللَّهِ ۖ وَمَا كَانَ لِلَّهِ فَهُوَ يَصِلُ إِلَىٰ شُرَكَائِهِمْ ۗ سَاءَ مَا يَحْكُمُونَ 136 ١٣٦

Ular Allohga Uning O`zi yaratgan ekinlar va chorvalardan nasiba ajratdilar va o`zlaricha: «Bu Allohga, bu esa butlarimizga», – dedilar. Bas, butlariga bo`lgan narsa Allohga yetmas. Allohga bo`lgan narsa esa, butlariga yetadir. Chiqargan hukmlari qanday ham yomon-a?! (136)

Tafsir
Mushriklar oʻzlaricha yangilik yaratib, ekinlar va hayvonlardan bir qismini Allohga, boshqa qismini but-sanamlariga atadilar. But va sanamlariga atagan qismlaridan Allohning shariatida aytilgan joylarga, masalan, faqir va miskinlarga nasiba yetib bormaydi. Allohga atagan qismlaridan esa but va sanamlarining xarajatlari uchun sarflanadigan joylarga yetib boraveradi. Ularning bu hukmi va taqsimoti naqadar yomon-a!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin