Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 137)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Shuningdek, mushriklardan ko`plariga sheriklari ularni halok etish va dinlarini chalkashtirish uchun bolalarini o`ldirishni ziynatlab ko`rsatdi. Agar Alloh xohlasa, bunday qilmasdilar. Ularni va to`qiyotgan narsalarini qo`yib qo`y. (137)
Tafsir
Shayton mushriklarga mana shu adolatsiz hukmni chiroyli qilib koʻrsatganidek, koʻp mushriklarga oʻzlarining shaytonlardan iborat hamtovoqlari kambagʻallikdan qoʻrqib bolalarini oʻldirishni ham chiroyli qilib koʻrsatdi. Toki, ular Alloh harom qilgan qotillik jinoyatini sodir etsinlar. Toki, ularga dinlari aralash-quralash boʻlib ketsin va nima shariatdan-u, nima shariatdan emasligini ajratolmay qolsinlar. Alloh xohlamaganida bunday qilmagan boʻlardilar. Lekin U Zot Oʻzi bilgan bir yetuk hikmat sababli shunday qilishlarini istadi. Ey Paygʻambar, mushriklarni toʻqiyotgan tuhmatlariga tashlab qoʻyavering. Bu ish sizga zarar qilmas. Ularning ishini Allohga qoʻyib beravering.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: