Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 143)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 143

ثَمَانِيَةَ أَزْوَاجٍ ۖ مِنَ الضَّأْنِ اثْنَيْنِ وَمِنَ الْمَعْزِ اثْنَيْنِ ۗ قُلْ آلذَّكَرَيْنِ حَرَّمَ أَمِ الْأُنْثَيَيْنِ أَمَّا اشْتَمَلَتْ عَلَيْهِ أَرْحَامُ الْأُنْثَيَيْنِ ۖ نَبِّئُونِي بِعِلْمٍ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ 143 ١٤٣

Sakkiz juft (paydo qildi): qo`ydan ikkini (erkak-urg`ochi) va echkidan ikkini. «Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urg`ochisinimi yoxud ikkala urg`ochining bachadonlarida shomil bo`lgan narsanimi?! Agar rostgo`y bo`lsangizlar, ilmiy qilib xabarini beringlar-chi?» – deb ayt. (143)

Tafsir
Sizlarga sakkiz turdagi juftlikni yaratdi. Qoʻydan bir juftlikni - erkak va urgʻochisini, echkidan ham bir juftlikni. Ey Paygʻambar, mushriklarga ayting: "Alloh ularning erkaklarini erkak boʻlganlari uchun harom qildimi? Yoki urgʻochilarini bachadoni boʻlgani uchun harom qildimi?" Agar ular birinchi savolingizga, ha, deb javob bersalar: "Nega unda urgʻochilarini harom qilasizlar?", deb ayting. Agar ular ikkinchi savolingizga ham, ha, deb javob bersalar: "Nega unda oʻsha bachadondagi jonni ikkiga ajratib, hali erkagini, hali urgʻochisini harom qilasizlar? Ey mushriklar, gapinglar rost boʻlsa, aytinglar-chi, mana shu harom qilishlar Alloh tarafidan degan davoyinglarda qaysi sogʻlom ilmga tayanyapsizlar?", deb ayting.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin