Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 145)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 145

قُلْ لَا أَجِدُ فِي مَا أُوحِيَ إِلَيَّ مُحَرَّمًا عَلَىٰ طَاعِمٍ يَطْعَمُهُ إِلَّا أَنْ يَكُونَ مَيْتَةً أَوْ دَمًا مَسْفُوحًا أَوْ لَحْمَ خِنْزِيرٍ فَإِنَّهُ رِجْسٌ أَوْ فِسْقًا أُهِلَّ لِغَيْرِ اللَّهِ بِهِ ۚ فَمَنِ اضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍ وَلَا عَادٍ فَإِنَّ رَبَّكَ غَفُورٌ رَحِيمٌ 145 ١٤٥

«Menga vahiy qilingan narsada taomlanuvchi uchun harom qilingan narsani topmayapman. Magar o`limtik yoki oqizilgan qon yoki to`ng`iz go`shti bo`lsa, albatta, u iflos, haromdir. Yoxud fosiqlik ila Allohdan o`zganing nomiga so`yilgan bo`lsa (haromdir). Bas, kishi muztar bo`lib, maza talab qiluvchi va tajovuzkor bo`lmagan holida (iste'mol qilsa), albatta, Robbing mag`firat qilguvchi va rahimli Zotdir», – deb ayt. (145)

Tafsir
Ey Paygʻambar, ayting: "Alloh menga haromligini vahiy qilgan narsa oʻlimtik yo oqqan qon yoki toʻngʻiz goʻshti yoxud Allohdan boshqaning, masalan, butlarning nomi aytib soʻyilgan jonivordir. Kim oʻta ochqab ketganidan majbur boʻlib qolgani tufayli lazzatlanishni koʻzlamasdan, zarurat haddidan oshmasdan yesa, unga gunoh yoʻq". Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz majbur boʻlib qolgan odamni kechirar va unga rahm qilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin