Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 147)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 147

فَإِنْ كَذَّبُوكَ فَقُلْ رَبُّكُمْ ذُو رَحْمَةٍ وَاسِعَةٍ وَلَا يُرَدُّ بَأْسُهُ عَنِ الْقَوْمِ الْمُجْرِمِينَ 147 ١٤٧

Agar seni yolg`onchiga chiqarsalar: «Robbingiz keng rahmat sohibidir, ammo Uning azobi jinoyatchi qavmlardan qaytarilmas», – deb ayt. (147)

Tafsir
Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz tarafidan olib kelgan xabaringizga ishonmasdan, sizni yolgʻonchiga chiqaradigan boʻlsalar, ularni qiziqtirish uchun shunday deb ayting: "Parvardigoringiz bepoyon marhamat sohibidir. Sizlarga tez azob yubormasdan, muhlat berib turgani ham oʻsha marhamatining bir koʻrinishidir". Endi ularni ogohlantirib shunday deb ayting: "U Zotning azobini gunohu masiyatlar sodir etgan qavmdan hech kimsa daf qila olmas".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin