Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 148)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Hali shirk keltirganlar: «Agar Alloh xohlaganda, biz ham, ota-bobolarimiz ham shirk keltirmas edik va biror narsani harom qilmas edik», – derlar. Ulardan oldingilari ham azobimizni tatigunlariga qadar shunga o`xshash yolg`onga chiqarib turganlar. «Sizning huzuringizda bizga chiqarib ko`rsatadigan biron ilm — hujjat bormi? Sizlar faqat gumonga ergashmoqdasiz va sizlar faqat yolg`on gapirmoqdasizlar», – deb ayt. (148)
Tafsir
Mushriklar oʻzlarining shirkiga Allohning irodasi va qadarini hujjat qilib, deydilar: "Alloh istaganida biz ham, ota-bobolarimiz ham shirk keltirmagan boʻlar edik. Alloh xohlaganida anavi narsalarni oʻzimizga harom qilib olmagan boʻlar edik". Ulardan oldingilar ham mana shunday botil hujjat keltirib, shunday degandilar: "Alloh istaganida biz paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqarmagan boʻlar edik". Ular to Bizning azobimizni totgunlariga qadar mana shu yolgʻonchiga chiqarishda davom etaverdilar. Ey Paygʻambar, oʻsha mushriklarga ayting: "Shirkingizga hamda halolni harom, haromni esa halol qilib olayotganingizga Alloh rozi boʻlganiga biron dalilingiz bormi? Shu ish sizlardan sodir boʻlayotganining oʻzi undan Alloh rozi boʻlayotganini anglatmaydi. Bu ishda sizlar faqat gumonga ergashyapsizlar. Gumon esa haqning oʻrnini bosa olmaydi. Haqning bir uchini ham qoplayolmaydi. Sizlar gʻirt yolgʻonchisizlar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: