Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 14)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Sen: «Allohdan o`zgani valiy — do`st qilib olamanmi? U osmonlaru yerni yaratguvchidir. U taom beradi va taomlanmaydi», deb ayt. «Men avvalgi taslim bo`luvchi bo`lmoqqa amr qilindim va menga hech mushriklardan bo`lmagin, deb aytildi», deb ayt. (14)
Tafsir
Ey Paygʻambar, Allohga but-sanamlarni sherik qiladigan mushriklarga ayting: "Allohdan boshqani oʻzimga doʻst tutib, undan madad soʻrashim aqlga sigʻadimiki, U Zot osmonlaru yerni yoʻqdan bor qilgan boʻlsa, hamma bandalarining rizqini bersa, hech bir bandasi Unga rizq bera olmasa, bandalaridan behojat boʻlsa, bandalari esa unga muhtoj boʻlsalar?!" Ey Paygʻambar, ayting: "Parvardigorim menga eng birinchi Allohga boʻysungan musulmon boʻlishni amr etdi va mushriklardan biri boʻlib qolishdan qaytardi".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: