Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 150)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Sen: «Alloh mana shuni harom qilganiga guvohlik beradigan guvohlaringizni keltiring», – deb ayt. Bas, agar guvohlik bersalar, sen ular ila guvohlik berma. Bizning oyatlarimizni yolg`onga chiqaruvchilarning va oxiratga iymon keltirmaydiganlarning havoyi nafslariga ergashma. Ular Robbilariga shirk keltirurlar. (150)
Tafsir
Ey Paygʻambar, Alloh halol qilgan narsani harom qilib, yana buni Allohning Oʻzi harom qilgan, deya davo qilayotgan oʻsha mushriklarga ayting: "Shu narsalarni Alloh harom qilganiga guvohlaringizni - dalillaringizni keltiring". Ey Paygʻambar, ularni Alloh harom qilganiga ilmga asoslanmagan, puch dalillarni - guvohlarni keltirsalar, ularga inonmang. Chunki bu yolgʻon guvohlikdir. Siz havoyi nafslarini oʻzlariga hakam qilib olganlarning istaklariga ergashmang. Ular Alloh halol qilgan narsalarni harom qilish bilan oyatlarimizni yolgʻonga chiqardilar. Siz oxiratga ishonmaydiganlarga ergashmang. Ular Parvardigorlariga shirk keltiradilar, boshqani Unga tenglashtiradilar. Qanday qilib Oʻz Parvardigoriga shunday munosabatda boʻlgan kimsalarga ergashish mumkin?!
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: