Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 152)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Yetimning moliga to voyaga yetguncha yaqinlashmang. Magar yaxshi yo`l bilan bo`lsa, mayli. O`lchov va tarozini adolat ila to`liq ado eting. Biz hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif etmaymiz. Agar gapirsangiz, qarindoshingiz bo`lsa ham, adolat qiling. Allohga bergan ahdingizga vafo qiling. Bularni sizga amr qildikki, shoyad, eslasangizlar. (152)
Tafsir
Alloh yetimning moliga to u balogʻat yoshiga yetib, foyda-zararni ajratadigan boʻlguniga qadar daxl qilishni harom qildi. Lekin agar bu ishda yetimning moliga foyda boʻlsa, zarari yoʻq. Tarozi va boshqa oʻlchovlarda urib qolishni harom qildi. Oldi-sotdi ishlarida adolat bilan ish tutmoq vojib. Biz bir jonga toqatidan ortiq vazifa yuklamaymiz. Oʻlchovlardagi ehtiyot boʻlishning imkoni boʻlmagan miqdordagi koʻp yo kam boʻlish holati uchun jazo berilmaydi. Sizlarga biron xabar yetkazish yoki guvoh boʻlishda biron doʻstingiz yoki yaqiningizning tarafini olib, yolgʻon soʻzlashni harom qildi. Sizlarga Allohga bergan vadangizga yoki Alloh nomiga qasam ichib bergan vadangizga vafo qilmaslikni harom qildi. Vadaga vafo qilishingiz vojib. Shu oʻtganlarni Alloh qattiq tayinlab buyurdi. Shoyadki, oqibatni oʻylab ish qilsangizlar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: