Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 157)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 157

أَوْ تَقُولُوا لَوْ أَنَّا أُنْزِلَ عَلَيْنَا الْكِتَابُ لَكُنَّا أَهْدَىٰ مِنْهُمْ ۚ فَقَدْ جَاءَكُمْ بَيِّنَةٌ مِنْ رَبِّكُمْ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ ۚ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنْ كَذَّبَ بِآيَاتِ اللَّهِ وَصَدَفَ عَنْهَا ۗ سَنَجْزِي الَّذِينَ يَصْدِفُونَ عَنْ آيَاتِنَا سُوءَ الْعَذَابِ بِمَا كَانُوا يَصْدِفُونَ 157 ١٥٧

Yoki «Agar bizga kitob tushirilganda, ulardan ko`ra hidoyatliroq bo`lar edik», demasliklaringiz uchun, batahqiqki, sizga Robbingizdan ochiq hujjat, hidoyat va rahmat keldi. Allohning oyatlarini yolg`onga chiqargan va ulardan yuz o`girgan kimsadan ham zolimroq shaxs bormi? Tezda, oyatlarimizdan yuz o`girganlarni yuz o`girganlari tufayli yomon azob ila jazolarmiz. (157)

Tafsir
"Alloh yahudiy va nasroniylarga nozil qilganidek, bizga ham nozil qilganida biz ulardan koʻra koʻproq amal qilgan boʻlar edik", demasliklaringiz uchun sizlarga Alloh paygʻambaringiz Muhammad alayhissalom orqali Quronni oʻz tilingizda nozil qildi. Quron ochiq hujjat, haqni koʻrsatib turuvchi mayoq va ummat uchun rahmatdir. Endi arzimas bahonalarni roʻkach qilavermangiz, nohaq sabablar koʻrsatavermangiz. Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqarib, ulardan yuz oʻgirgan kimsadan koʻra zolimroq odam yoʻq. Oyatlarimizdan yuz oʻgirganlarni qilmishlariga yarasha jazolab, doʻzaxga solurmiz va qattiq azobga giriftor qilurmiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin