Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 159)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 159

إِنَّ الَّذِينَ فَرَّقُوا دِينَهُمْ وَكَانُوا شِيَعًا لَسْتَ مِنْهُمْ فِي شَيْءٍ ۚ إِنَّمَا أَمْرُهُمْ إِلَى اللَّهِ ثُمَّ يُنَبِّئُهُمْ بِمَا كَانُوا يَفْعَلُونَ 159 ١٥٩

Dinlarini tafriqa qilib, o`zlari guruhbozlik qilganlar bilan hech bir aloqang yo`q. Albatta, ularning ishi Allohning O`ziga havola. So`ngra, qilgan ishlarining xabarini berur. (159)

Tafsir
Ey Paygʻambar, dinini boʻlaklarga ajratib, ayrim boʻlaklarini olib, qolganini tashlab, guruh-guruhlarga boʻlinib ketgan yahudiy va nasroniylarga sizning hech qanday aloqangiz yoʻq. Ularning zalolatidan siz poksiz. Sizning vazifangiz ularni ogohlantirib qoʻyish, xolos. Ularning ishini Allohga tashlab qoʻyavering. Parvardigoringizning oʻzi Qiyomat kunida ularning bu dunyoda qilib oʻtgan ishlarini yuzlariga solib, jazosini bergay.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin