Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 165)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 165

وَهُوَ الَّذِي جَعَلَكُمْ خَلَائِفَ الْأَرْضِ وَرَفَعَ بَعْضَكُمْ فَوْقَ بَعْضٍ دَرَجَاتٍ لِيَبْلُوَكُمْ فِي مَا آتَاكُمْ ۗ إِنَّ رَبَّكَ سَرِيعُ الْعِقَابِ وَإِنَّهُ لَغَفُورٌ رَحِيمٌ 165 ١٦٥

U sizlarni yer yuzida xalifalar qilgan va O`zi bergan narsalarda sizni sinash uchun ba'zingizning darajasini ba'zingizdan ustun qilgan Zotdir. Albatta, Robbing iqobi tez Zotdir. Va, albatta, U mag`firat qiluvchi va rahimlidir», – deb ayt. (165)

Tafsir
Yer yuzini obod qilishingiz uchun sizlarni oldingilarning davomchisi qilib qoʻygan ham Allohdir. Yaratilish jihatidan ham, rizq jihatidan ham, boshqa sohalarda ham ayrimlaringizni ayrimlaringizdan bir necha daraja ustun qildi. Sizlarni shu bilan sinadi. Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz tez jazo berguvchidir. Kelishi kerak boʻlgan narsaning zamoni yaqindir. Alloh bandalaridan tavba qilganlarini Kechirguvchidir, ularga Mehribondir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin