Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 23)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 23

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَتَّخِذُوا آبَاءَكُمْ وَإِخْوَانَكُمْ أَوْلِيَاءَ إِنِ اسْتَحَبُّوا الْكُفْرَ عَلَى الْإِيمَانِ ۚ وَمَنْ يَتَوَلَّهُمْ مِنْكُمْ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ 23 ٢٣

Ey, iymon keltirganlar! Agar kufrni iymondan ustun ko`rsalar, ota-onangiz va aka-ukalaringizni do`st tutmang. Sizdan kim ularni do`st tutsa, bas, ana o`shalar, o`zlari zolimlardir. (23)

Tafsir
Ey Allohga iymon keltirgan va Paygʻambariga ergashgan moʻminlar, agar ota-onangiz, aka-ukalaringiz va boshqa qarindoshlaringiz kufrni iymondan ustun koʻrsalar, ularni doʻst tutib, ularga maslahat solib, moʻminlarning sirlarini oshkor etmangiz. Sizlardan kim ularni oʻsha kofir holida doʻst tutsa, ana oʻshalar oʻziga oʻzi jabr qilgan zolimlardir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin