Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 28)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Yo`q! Unday emas. Ular oldin maxfiy tutgan narsa o`zlariga oshkor bo`ldi, xolos. Agar ular (bu dunyoga) qaytarilsalar ham, o`zlari man qilingan narsaga qayturlar va, albatta, ular yolg`onchilardir. (28)
Tafsir
Ish ular aytgandek emas. Ular dunyo hayotiga qaytarilsak, iymon keltirardik, dedilar. Aslida ularning "Allohga qasamki, biz mushriklar emasmiz", degan gaplarining misi chiqib qoldi. Chunki ularga qarshi oʻzlarining tana azolari guvohlik berdilar. Ular dunyo hayotiga qaytarilgan taqdirda ham baribir oʻsha kufru shirkiga qaytgan boʻlardilar. Ularning: "Qaytsak, iymon keltirardik", degan davolari yolgʻon.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: