Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 2)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 2

هُوَ الَّذِي خَلَقَكُمْ مِنْ طِينٍ ثُمَّ قَضَىٰ أَجَلًا ۖ وَأَجَلٌ مُسَمًّى عِنْدَهُ ۖ ثُمَّ أَنْتُمْ تَمْتَرُونَ 2 ٢

U sizlarni loydan yaratgan, so`ngra ajalni belgilab qo`ygan Zotdir. Belgilangan ajal esa Uning huzuridadir. Shundan keyin ham siz shak keltirursiz. (2)

Tafsir
Ey odamlar, Oʻsha har qanday nuqsondan pok Alloh sizlarni otangiz Odam alayhissalomni yaratayotganda loydan yaratdi. Keyin esa shu dunyo hayotida qolish muddatingizni belgiladi. Boshqa bir muddat ham belgiladiki, uni Oʻzidan boshqa hech kimsa bilmaydi. U Qiyomat kuni qayta tirilish onidir. Shundan keyin ham sizlar U Zotning qayta tiriltira olish qudratiga shak keltirursizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin