Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 30)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Allohning huzurida to`xtatilganlarida, U: «Mana shu haq emasmi?!» – deganida, «Robbimizga qasamki, haqdir», deganlarini, U: «Bas, kufr keltirganingiz uchun azobini cheking», deyishini ko`rsang edi. (30)
Tafsir
Ey Paygʻambar, qayta tirilishni inkor qiladiganlar Parvardigorlari huzurida turgʻizib qoʻyilganlarida qiziq bir manzaraning guvohi boʻlasiz. Oʻshanda Alloh ularga: "Mana, sizlar yolgʻonga chiqarayotgan bu qayta tirilish shak-shubhasiz rost ekanmi?!", deydi. Ular: "Bizni yaratgan Rabbimizga qasamki, ha, shak-shubhasiz haq ekan", deydilar. Shunda Alloh ularga: "Mana endi shu kunni inkor qilganingiz uchun azobni totingiz, dunyo hayotida bu kunni yolgʻon degandingiz", deydi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: